Qiziqarli dunyo: Sport bo’yicha jahon rekordlarining top-5 ligi
Jismoniy aktivliksiz yashash mumkin emas ekanini hamma tushunadi. Me’yoriy yuklamalar sog’liqqa faqat foyda keltiradi. Bugun sizga jahonning 5 ta antiqa sport bo’yicha rekordlar haqida gapirib bermoqchi edik. 5-o’rin: Kori Lou Basketbol shoularida ixtisoslashuvchi shou-jamoaning o’yinchisi basketbol halqasiga to’pni 25 metrlik masofadan, unga orqasi bilan turgan holda tushurdi, hamda shu bilan yangi jahon rekordini o’rnatdi. Avvalgisi 21 metrni tashkil etgan edi. Uning ikki jamoadoshlari ham bir soat davomida to’pni halqaga tushurishga harakat qilganlar. Lekin buning uddasidan faqat Kori chiqdi. Avvalroq u to’pni halqaga yuzi bilan turib 33.5 metr masofadan tushurgan edi. 4-o’rin: Djonni Salo Amerikalik Djonni Salo 1929 yili record o’rnatgan, unda u atigi 79 kun ichida 5898 kilometr masofani bosib o’tgan. Djonni Saloning o’rtacha tezligi taxminan 11 kilometr soatni tashkil etgan. Marafon 31 mart kuni boshlanib, 17 iyunda Djonni Salo birinchi bo’lib finish marras