Jenisbek Piyazov:Rep aytish menga foydali bo'ldi(Uchrashuv)

Nukus shahrida joylashgan “Yoshlar markazi”da O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, opera ijrochisi – Jenisbek Piyazov va Qoraqalpog’iston xalq jiravi Janibek Piyazov bilan O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qoraqalpog’iston Respublika Kengashi qoshidagi “Yosh reportyorlar” klubi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda aka-uka Piyazovlar moderator Furqat Yusupov va blogerlarning savollariga javob qaytardi.
Quyida e’tiboringizga ayrim savol-javoblarni havola etamiz.


-Bugungi kunda nimalar bilan mashg’ulsiz?
- Ayni paytda siyosiy tarafdan ham, shou biznes tarafdan ham o’z faoliyatimni olib bormoqdaman. Mana bugun Xo'jayli tumanida "Mexribonlik uyi"da kontsert bermoqchimiz. Bu yerdan chiqib to’g’ri o’sha joyga yo’l olamiz.

- Kursdoshlaringiz bilan suhbatda, Nukus shahrida "Rep" yo'nalishining asoschilaridan biri Jenisbek Piyazov ekanini eshitib hayron qoldik. Qanday qilib opera yo'nalishi ijrochisi rep aytgan bolishi mumkin?

- Nimaga mumkin emas, menimcha opera repga o'xshab ham ketishi mumkin. Operaga Italiyada asos solingan. Italiya xalqi esa ona tilida tez gapiradi. Opera ham asosan tez aytiladi. Shu tufayli rep aytish menga hatto foydasi ham tegdi. Xo'jayli tumanidagi repperlar ham bu yo'nalishni mendan o'rgandi desam aslo mubolag’a bo’lmaydi. Lekin hozir Rep bizning o'smir davrimizdagidek yuqori darajada emas deb hisoblayman.


- Hammaga ma’lumki, Toshkentda bergan jonli ijrodagi konsert dasturingiz yetarlicha shov-shuvlarga asos bo’ldi. Nukusda ham shunday kontsert berish rejangizda bormi?

-Bilasizmi, konsertda orkestr 120 odamlik guruhdan tashkil topdi. Mayli 120 odam emas, minimum 80 odam deylik, ularni Toshkentdan olib kelish, mehmonxonaga joylashtirish oson emas. Buning ustiga Nukusdagi teatrning apparaturalari xalqaro standartga javob bermaydi. 80 odamga 40 ta mikrofon kerak. Hatto Toshkent teatrning apparaturalari zamonaviy talablarga to’liq javob bermaydi. Enrike Iglesias, Robbi Uilyamsning kontsertida faqat zal Toshkent shahridan joylashgan edi, qolgan apparaturalarni Germanyia va boshqa Yevropa mamlakatlaridan olib kelindi. Shu bois ham bunday apparatauralarni bizga olib kelish oson emas. Lekin joriy yilda Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzey oldida gala kontsert berish rejamizda bor.


- Shu darajaga yetish uchun nimalardan voz kechishingizga to’gri keldi?

- Chaykovskiyning aytgan ga’pi bor “Muvaffaqiyatga erishish 1% iqtidorga, 99% mehnatga bog’liq”. Ayrim odamlar borki, o’zining iqtidorini namoyon qila oladi, u bilan ko’p yutuqlarga erisha oladi. Men ham shu darajaga erishish uchun ko’p narsadan voz kechdim deya olmayman. Chunki kelishi kerak bo’lgan narsalar o’zi kelar ekan. Vaqtiga qarab, to’g’ri joyda, to’g’ri vaqtda bo’lish lozim deb hisoblayman. Kerak joyda bo’la bilsang bas. Qo’lingdan bir narsa keladimi, ko’rsat! Tortinma, uyalma. Odam birovga havas ko’zi bilan qarashi kerak, hasadmas.
Shunda uning yo’li ochiladi.



Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Dunyodagi eng chiroyli ko’chalar

Кто и зачем создал подводный музей?