Dunyodagi eng chiroyli ko’chalar

Dunyo sarhadlari qanchalar keng bo’lmasin uning ikki burchagidan bir-biriga o’xshaydigan ko’chani aslo topa olmaysiz. Ammo ko’chalarning hammasini ham chiroyli va unutilmas deya atab bo’lmaydi. O’zining arxitekturasi va muhiti bilan dovrug’ qozongan ko’chalar esa kishi hotirasida butun umrga muhrlanib qoladi.

Shunday ko’chalardan biri Kaminto prospekti bo’lib, uning go’zalligiga shaydo bo’lmaslikning aslo imkoni yo’q. Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar ajoyib suratlar tushirish bilan birga ko’hna tarix bag’riga tushib qolgandek bo’ladilar. Sababi mazkur qadimiy ko’cha 19 asrda qurilgan.
Ko’chalar orasila o’ziga hos bo’lganlari ham, betakror tabiati bilan ko’nglingiz to’ridan joy oladiganlari ham, ko’p. Bonndagi gullagan sakura galereyasi aynan shular jumlasidandir. Cherri-Blumsom-avenyuga tashrif buyurgan insonlar esa bahor payti sayohat qilishga kirishsalar betakror manzaralarning guvohi bo’lishadi.


Tetsugaku no michi


Yaponiyaning Kioto shahrida joylashgan ushbu ko’chaning uzunligi 2 km ga teng va olcha daraxtlarining betakror husni hamda muattar ifori bilan xushingizni oladi. Ko’cha chetida suv kanali joylashgan bo’lib, u YUNESKO meroslari ro’yhatiga kiritilgan Ginkaku-dzi ibodatxonasi tomon olib boradi.

Shambles ko’chasi


Ushbu tor ko’chaning ikki yonida XIV asrda qurilgan qadimiy imoratlar qad rostlagan. Angliyaning York shahrida hoylashgan mazkur ko’cha sizini o’z tarixiy binolari va takrorlanmas muhiti bilan rom qiladi.

Shteyner ko’chasi


Sizni ishontirib aytamizki, bu ko’chani ko’p bor ko’rgansiz. Sababi aynan shu yerda mashhur “Missis Dautfair” filmi suratga olingan. San-Frantsiskoda joylashgan mazkur ko’chada Alamo maydoni yaqinidagi ko’plab uylarni kuzatasiz va aynan shu manzara butun dunyo sayyohlarini o’ziga jalb qilib keladi. Viktorian va edvardian uslublarida qurilgan chiroyli uylar pastel tusdagi ranglarga bo’yalgan va kishida hayrat hissini uyg’otadi.

Calleja de las Flores ko’chasi


Qulay va shinam bo’lgan mazkur ko’cha Kordoba shahрining markazida joylashgan. Mazkur mitti kochadan ikki kishi birdaniga yurib otishi qiyin. Ammo uning qordek oppoq devorlari va gullar manzarasi kochaning ertaklardagi kabi gozal korinishiga imkon yaratadi. Mazkur ispan ko’chasi shunchalar ajoyibki, bu yerga takror va takror qaytingiz kelaveradi.

Kaminito


Turli ranglar bilan bo’yalgan mazkur ko’cha Aрgentinaning La Boka tumanida joylashgan bolib, ozida 19 asr tarixining bir qismini jo etgan. Yevropalik immigrantlar bu erga Italiyaning Genuya shahridan ko’chib kelishgan va kam daromad tufayli uy qurish borasida qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Uylarning qurilishida gofre shaklidagi metall bo’laklaridan foydalanib, ularni qo’l ostidan topilgan turli rangdagi bo’yoqlar bilan qoplab chiqishgan va bir rangdagi bo’yoq tugagan paytda ikkinchi rangga o’tib boraverishgan.

Lombard-strit


San-Fransiskoda joylashgan Lombard-strit shaharning eng gavjum ko’chalaridan biri. Sayyohlar bu yerga haydovchilarning ko’cha burilishlaridan qanday o’tib olishlarini kuzatish uchun ham tashrif buyurishadi. 1922 yili qurib bitirilgan ko’cha mashinalar harakatini aylana burilishlar orqali sekinlashtirish uchun shu tarzda loyihalashtirilgan. Bu yerda soatiga 5 mil tezlikda harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Al-Xassan Onsar


Maroshkashning Shaven shahrida joylashgan Al-Xassan Onsar ko’chasi ko’k rangda ekanligi bilan dong taratgan. 1471 yilda qurilgan ko’cha bir vaqtlar Ispaniyalik emigrantlar tomonidan qa’la sifatida foydalanilgan. Bu yerga yillar davomida kelgan yahudiylar esa o’zlari bilan birga devorlarning ko’k rangda bo’lishi Yaratganning kuchi haqida eslatib turadi degan fikrni ham olib kelishgan. Shunday ekan, Marokashga yo’lingiz tushsa, bu ko’chani sayr qilmasdan ketmang!

Ciecos v Jerez de la Frontera ko’chasi


Ispaniyaning Xeres-de-la-Frontera ko’chasi o’zining bebaho vinolari bilan mashhur. Bu yerda uzum daraxtlari bilan qoplangan devorlarni ko’rishingiz mumkin.

Qiyi Street Chongron Alley


Xitoyning YUNESKO meroslari ro’yxatiga kiritilgan 1000 yillik tarixga ega Litszyan shahridagi kanalli yo’llar bilan mashhur bo’lgan ko’cha bo’ylab sayr qilar ekansiz, bir-biridan ajoyib ko’prikchalarga duch kelasiz. Ko’chadagi sokin muhit kishi ruhiyatini tinchlantiradi.

Cherry Blossom Avenue


Cherry Blossom Avenue ko’chasida bahor faslida 2-3 hafta mobaynida gulli arka hosil bo’ladi. Bonn shahridagi ushbu ko’cha sevishganlar, sayyohlar va suratkashlarning sevimli makonlaridandir.

Bregagh Road


Shimoliy Irlandiyada joylashgan Bregagh Road Bregagh Road ko’chasi 18 asrdan buyon qayin daraxtlari yo’lagi sifatida mashhur.

Yelisey maydoni


Parijning Yelisey maydoni dunyodagi eng mashhur ko’cha nomiga da’vogarlik qilsa arziydi. Betakror daraxtlar, ajoyib muhit va tarixiy imoratlar sizni haqiqiy Parij bilan tanishtiradi.

Brouwersgracht ko’chasi


Amsterdamning qayiqchalar bilan to’lib-toshgan kanallari hamisha sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Brouwersgracht ko’chasi temir yo’l vokzalidan 800 metr uzoqlikda joylashgan bo’lib, Gollandiyaning eng chiroyli prospekti sanaladi.

Soyabonlar ko’chasi


“Umbrella Sky Project” loyihasi 2011 yilda Portugaliyadagi san’at festivali doirasida boshlangan edi. Bu yerda yoz fasli juda issiq bo’ladi va yuqorida yo’lovchilarga soya hamda salqin baxsh etadigan quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabonlar qatlam hosil qilinadi.

Eski arbat


Rossiyaning Eski arbat ko’chasi o’z tarixi bilan ko’pchilikni rom etgan. Mazkur ko’chada Tolstoy, Chexov, Pushkin, Gogol kabi adabiyot namoyondalari istiqomat qilganlar.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Кто и зачем создал подводный музей?