2018 yil turli burj vakillari uchun qanday keladi?
Sharq kalendariga binoan 2018 yil Sariq Yer Iti yili deb hisoblanadi. It
bezovta bo`ladigan hayvon, va butun yil bizning tinchligimizni qo`riqlaydi. It
o`zi bilan xaqqoniylikni tasvirlaydi, u hech qachon tashlab ketmaydi, va u
hukmronlik qiladigan yilda biz tinch bo`lishimiz mumkin – hammasi ravshan
xaqqoniy bo`ladi.
Qo’y (21 mart — 19 aprel)
Qo’y burchi vakillariga hos bo’lgan raqobat hissi 2018
yilda ham o’z muhimligini yo’qotmaydi. Aksincha, bu yuqori natija, yirik
muvaffaqiyatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. So’zlaringizni o’ylab
gapiring, atrofdagilar gapirganlaringizni keskin tarzda qabul qilishadi. Buning
boisi sizning muvaffaqiyatlaringizga hasad qilishlaridir! Mazkur yil siz uchun
baxt va xursandchilik yili bo’ladi. Agar biror inson bilan shaxsiy munosabatlar
o’rgatgan bo’lsangiz, muhabbatingiz yanada mustahkamlanadi. Agar yolg’iz
bo’lsagiz, ushbu yilda ikkinchi yarmingizni uchratishingiz mumkin. Kechagina faqat
hayolda bo’lgan narsalar uchun sizga yangi imkoniyatlar beriladi!
Buzoq (20 aprel — 20 may)
Buzoq burji vakillarini mazkur yili hayotning turli
jabhalaridagi o’zgarishlar kutib turibdi. Yuragingizni eshiting, yaqinlaringiz
tavsiyasiga quloq soling. Yangi 2018 yilda o’zingizni birinchi o’ringa qo’ying,
o’zingizni eshitib, o’zingizga ishonishni o’rganing.
Egizaklar (21 may — 20 iyun)
2018 yilda hamisha sergak bo’lish sizdan talab
etiladi, begonalarga tegishli muammolarni ham ko’nglingizga yaqin olavermang.
Kelgusi yilda o’zingizga nisbatan e’tiborsizlik qilish kerak emasligini tushunib
olasiz. Borligi haqida tasavvur ham qilmagan muammolar bilan to’qnash kelganda
ko’zlaringiz ochiladi.
Qisqichbaqa (21 iyun — 22 iyul)
Yil boshi siz uchun biroz tashvishli bo’lishi mumkin,
ammo tez orada hayotingizda yangi bir yo’l paydo bo’ladi. Unutmang, 2018 yilda
barchasini qaytagan va to’g’ri ko’rinishda boshlash imkonini olasiz! Vaqtning
sizga bosim o’tkazishiga yo’l qo’ymang. Bugungi hayotingiz qadriga eting.
Arslon (23 iyul — 22 avgust)
O’zingizni mehribon do’stlar va mustahkam oila ila
qurshab olgansiz. Ushbu jarayon yildan-yilga rivojlanib bormoqda, ammo ba’zan
hayotingizda nimadir yetishmayotgandek tuyuladi. 2017 yil oxiri va 2018 yil
boshi siz uchun juda sokin tarzda o’tadi. Siz sevimli insonlar qurshovidasiz va
o’zingizda garmoniya hissini tuyasiz. Anchadan buyon eski do’stingizni
uchratmadingizmi? Balki uzoq qarindoshlar haqida unutgandirsiz? Har qanday
holatda ham 2018 yilni ana shu “yo’qolgan” narsalarni izlash payida o’tkazasiz.
Ammo tashvishga tushmang! Izlagan albatta topadi ham! Yangi ish, romantik
sarguzashtlar, qiziqarli ta’til va haqiqiy o’zgarishlar sizni kutmoqda!
Sunbula (23 avgust — 21 sentyabr)
2018 yil siz tomon barcha narsani nazoratda ushlab
turish imkonsiz ekanligini o’rgatuvchi vaziyatlarni taqdim etadi. Aynan shu
yili hech qanday zaruratsiz ushlab turgan narsalaringizni bir-ketin qo’yib yuboрasiz va o’zingizni erkin his qila boshlaysiz. Bu yil
siz uchun ozodlik yili bo’ladi.
Tarozi (22 sentyabr — 23 oktyabr)
Eng muhimi, tashvishga tushmang. 2018 yilda sizni bir
nechta muammolar qarshi olishi mumkin, ammo ularga nisbatan munosabatingizni
o’zgartirishingiz kerak. O’z ichki ovozingizni sinab ko’ring va hech qayerga
shoshilmang. O’zgarishlar siz tomon yangi hayot, yangi imkoniyatlar va yangi
tajribalarni olib keladi. Tarozilar uchun mazkur yil yodda qolarli davr
bo’lishi kutilmoqda. Chunki yangi hodisalar chuda ko’p bo’lib, ularning bari
siz uchun foydali bo’ladi.
Chayon (24 oktyabr — 21 noyabr)
Mazkur yilda ko’p bora xatoga yo’l qo’ydingiz. Shu
sababli ularni kelgusi yilda ham takrorlamaslikka harakat qiling. Agar
tavsiyamizga quloq tutsangiz, 2018 yil siz uchun uyg’onish va yangilanish
pallasi bo’ladi. Bu yilda juda ko’p chiroyli hodisalar sodir bo’lishi
kutilmoqda. Kelgusidagi 12 oyni qanchalar yuqori natijalarga ko’tarila
olishingizni sinab ko’rish uchun sarf qiling.
O’qotar (22
noyabr — 21 dekabr)
Siz hamisha ko’p qirrali inson bo’lgansiz.
Tinchlaning, o’zingizga tashqaridan nigoh tashlab ko’ring. Barchasi a’lo
darajada, shunday emasmi? Ushbu yillar davomida uzoq yo’lni bosib o’tdingiz,
shuning uchun faqatgina muvaffaqiyatlar emas, ularga bo’lgan munosabatingiz ham
muhim. Kelajak haqida tashvishga tushishni bas qiling: Barchasi ko’ngildagidek
bo’ladi! Kelgusi yilda sizni yangi takliflar va g’aroyib vazifalarni kutib
turibdi. Bu yil siz uchun sinov yili bo’lib, uning shiori “Menga qo’lingdan
nimalar kelishini ko’rsat!”” tarzidadir. Ko’p ishlash va goh u yerda, goh bu
yerdagi “yong’inlarni o’chirishga” tayyor turing. Oxir-oqibat barcha
urinishlaringiz yangi muvaffaqiyatlarni boshlab keladi.
Tog’ echkisi(22 dekabr — 19 yanvar)
Siz uchun asosiy baxt – yaqinlaringizning baxtli
ekanliklarini bilishdan iborat. Aynan ushbu prinsip shaxsiy munosabatlaringizda
ham yetakchilik qiladi. Boshqa tarafdan, haddan ortiq g’amxo’rlik
yaqinlaringizning mustaqil qaror qilishlariga to’sqinlik ham qilishi mumkin.
Yaxshisi, ma’suliyatini o’z bo’ynilariga olish va o’z qarorlari uchun javob
berishni o’rgansinlar. Agar ushbu tavsiyaga amal qilsangiz, yilning ikkinchi
yarmiga kelib natichalarni ko’ra boshlaysiz, yaqinlaringiz ko’z o’ngingizda
mutlaqo boshqa odamlarga aylanib borishadi! Tog’ echkisi vakillari uchun 2018
yil – hotirjamlik, garmoniya va ko’ngildagi barcha tushunchalarni tartibga
solib olish yili bo’ladi!
Qovg’a (20 yanvar — 18 fevral)
Siz uchun asosiy baxt – yaqinlaringizning baxtli
ekanliklarini bilishdan iborat. Aynan ushbu prinsip shaxsiy munosabatlaringizda
ham yetakchilik qiladi. Boshqa tarafdan, haddan ortiq g’amxo’rlik
yaqinlaringizning mustaqil qaror qilishlariga to’sqinlik ham qilishi mumkin.
Yaxshisi, ma’suliyatini o’z bo’ynilariga olish va o’z qarorlari uchun javob
berishni o’rgansinlar. Agar ushbu tavsiyaga amal qilsangiz, yilning ikkinchi
yarmiga kelib natichalarni ko’ra boshlaysiz, yaqinlaringiz ko’z o’ngingizda
mutlaqo boshqa odamlarga aylanib borishadi! Tog’ echkisi vakillari uchun 2018
yil – hotirjamlik, garmoniya va ko’ngildagi barcha tushunchalarni tartibga
solib olish yili bo’ladi!
Baliq (19 fevral — 20 mart)
Siz tabiatan ta’sirchan va ijodkor insonsiz. Ba’zan
esa aynan shu sabab o’zingizni haddan ortiq bosim ostida deya his qilasiz.
Ayrim holatlarda shunday paytlar bo’ladiki, umuman hech narsaga qo’lingiz
bormaydi. Sizdan talab etiladigani fikrlash uslubingizni o’zgartirishdir. Bir
narsani tushuning, agar ortiqcha ko’ngil tashvishlaridan holi tarzda ishga
kirishsangiz, qarshingizda yangi imkoniyatlar ochiladi. 2018 yil baрcha sohalarda siz uchun qanday bo’lishini o’zingiz hal
eting! O’zingizga ishoning – dunyo ham sizga ishonadi!
Комментарии
Отправить комментарий